22:36 / 02.04.2021
1 943

Toshkentda mushukni polietilen paketga solib, chiqindiga tashlagan erkakka nisbatan chora ko‘rildi

Toshkentda mushukni polietilen paketga solib, chiqindiga tashlagan erkakka nisbatan chora ko‘rildi
Toshkent shahar Yashnobod tumanida 30 mart kuni o‘g‘lining oldida tirik mushukni polietilen paketga solib, chiqindiga tashlagan erkakka sud hukmi o‘qildi. Bu haqda «Mehr va Oqibat» nodavlat tashkiloti axborot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda «Mehr va Oqibat» nodavlat tashkilotining direktori Aziz Tojiyev, ariza beruvchi Yelena Lukun va huquqbuzar onasi bilan ishtirok etdi.

Erkak sudga o‘g‘lining mushuklarga allergiyasi borligi to‘g‘risidagi guvohnomani, shuningdek, hayvonlardan biri unga hujum qilgani sababli nevroz kasaliga chalingani haqidagi hujjatni taqdim etdi. Sudlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, u hayvonlarni juda yaxshi ko‘rishiga qaramay, o‘g‘lining sog‘lig‘ini birinchi o‘ringa qo‘ygan.

Sudlanuvchi, shuningdek, mushuk tirikligini ma’lum qilgan. So‘zlarining tasdig‘i sifatida u sudyaga tirik mushukning fotosuratini taqdim etdi. Biroq ariza beruvchi mushukning bir qator o‘ziga xos xususiyatlari asosida ushbu surat qalbaki ekanini ma’lum qildi.

«Bu odamning ojiz hayvonga nisbatan qilgan harakati meni qattiq ranjitdi. Uni voyaga yetmagan o‘g‘lining huzurida qilgani meni yanada hayratga soldi. ‘Mehr va Oqibat’ vakillari maktablarda suhbatlar o‘tkazadilar va shu bilan yoshlarda hayvonlarga nisbatan ehtiyotkor munosabatni tarbiyalashga harakat qiladilar. Ammo agar ota-onalar yosh avlodga uyda buning aksini o‘rgatsalar, u holda bolalar uchun kichik do‘stlarimizga nisbatan o‘zini qanday tutish kerakligini tushunish ancha qiyinlashadi», – deydi «Mehr va Oqibat» direktori Aziz Tojiyev.

Yakuniy sud hukmiga ko‘ra, hayvonga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lgani uchun fuqaroga eng kam ish haqining bir baravari miqdorida jarima solingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda mushukni polietilen paketga solib, chiqindiga tashlagan erkakka nisbatan chora ko‘rildi