08:30 / 04.04.2021
1 935

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlari soni 15 foizga qisqartiriladi

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlari soni 15 foizga qisqartiriladi
Prezident davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, ularning idoraviy va hududiy bo‘linmalari boshqaruv xodimlarining shtat birliklarini qisqartirish va tuzilmasini maqbullashtirishni nazarda tutuvchi qarorni imzoladi.

2021 yil 1 maydan boshlab davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda ularning idoraviy va hududiy bo‘linmalari boshqaruv xodimlarining soni 15 foizgacha maqbullashtiriladi hamda ularning yangilangan cheklangan soni belgilanadi.

Amalda:
- mavjud boshqaruv xodimlari shtat birligi soni - 44 099 ta;
- qisqartirilayotgan shtat birliklari - 5 308 ta;

Shundan:
- davlat budjeti hisobidan mavjud shtat birliklari soni - 40 035 ta;
- qisqartirilayotgan shtat birliklari - 5 192 ta.

Budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan:
- mavjud shtat birligi soni - 4 064 ta;
- qisqartirilayotgan shtat birliklari - 116 ta.
2021 yil 1 may holatiga boshqaruv xodimlari shtat birligi soni 38 791 ta qoladi.

Ma’lumot uchun, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, qo‘mitalar, agentliklar, shuningdek ular huzurida va Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etiladigan davlat boshqaruvi tuzilmalari respublika davlat boshqaruvi organlari jumlasiga kiradi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlari soni 15 foizga qisqartiriladi