15:05 / 06.04.2021
5 836

Surxondaryo prokuraturasi eri va qaynukasi tomonidan jinsiy aloqada bo‘lishga majburlanganini aytgan ayolning murojaatiga munosabat bildirdi

Surxondaryo prokuraturasi eri va qaynukasi tomonidan jinsiy aloqada bo‘lishga majburlanganini aytgan ayolning murojaatiga munosabat bildirdi
Surxondaryo viloyati prokuraturasi ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro Z.Xolmurodovaning turmush o‘rtog‘i va qaynukasining harakatidan norozi bo‘lib, yo‘llagan videomurojaatiga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, P.Ergashev yangasi Z.Xolmurodovani haqorat qilgani va unga yengil tan jarohati yetkazgani yuzasidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Jarqo‘rg‘on tuman sudining 2021 yil 12 fevraldagi qaroriga ko‘ra, P.Ergashevga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-modddasi (haqorat qilish) hamda 52-moddasi (yengil tan jarohati yetkazish) 2-qismi bilan jarima jazosi tayinlangan.

Bundan tashqari, fuqaro Z.Xolmurodovaning murojaatida bayon qilingan turmush o‘rtog‘i Ch.Normatov va qaynukasi P.Ergashev tomonidan zo‘rlik ishlatib, doimiy ravishda jinsiy aloqada bo‘lgani holati yuzasidan Jarqo‘rg‘on tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilgan.

Tergovga qadar tekshiruv natijasiga ko‘ra, murojaatda bayon qilingan holatlarda biron-bir shaxsning harakatlarida jinoyat tarkibi aniqlanmagani sabab 30 martda Jinoyat-protsessual kodeksning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqida qaror qabul qilingan.

Shu bilan birga, Z.Xolmurodova va Ch.Normatovni sha’riy nikohlagan X.T.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 240-moddasi (diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish) 1-qismi bilan ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, mazmunan ko‘rib chiqish uchun 30 mart kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga yuborilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryo prokuraturasi eri va qaynukasi tomonidan jinsiy aloqada bo‘lishga majburlanganini aytgan ayolning murojaatiga munosabat bildirdi