09:00 / 07.04.2021
1 962

Bosh prokuratura «Effect.uz» saytining ikki nafar jurnalisti qidiruvga berilganini ma’lum qildi

Bosh prokuratura «Effect.uz» saytining ikki nafar jurnalisti qidiruvga berilganini ma’lum qildi
Surxondaryoda Termiz tumani sudi raisi xizmat xonasiga bostirib kirib, sud majlisida ishtirok etish va jarayonni tasvirga olishni talab qilgan «Effect.uz» sayti xodimlariga qidiruv e’lon qilindi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura.

Qayd etilishicha, 2021 yilning yanvar oyida «Effect.uz» saytida ushbu saytning xodimlari jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz tumani sudi raisi xizmat xonasiga bostirib kirib, sud majlisida ishtirok etish va jarayonni tasvirga olishni talab qilganligi haqida videoyozuv chiqarilgan.

Videoyozuvda qayd etilgan holatga huquqiy baho berish maqsadida Sudyalar oliy kengashi raisi tomonidan O‘zbekiston bosh prokurori nomiga taqdimnoma kiritilgan.

Mazkur holat yuzasidan Surxondaryo viloyati Termiz tumani prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijalariga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 236 (tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish) va 219-moddalari (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari Surxondaryo viloyat prokuraturasi tomonidan olib borilgan.

Olib borilgan tergov harakatlari jarayonida jinoyat ishiga aloqador bo‘lgan «Effect.uz» axborot agentligining 2 nafar muxbiri va 1 nafar ayol ko‘plab marotaba tergov organiga rasman chaqirtirilgan bo‘lsa-da, noma’lum sabablarga ko‘ra kelishdan bo‘yin tovlagan.

Shunga ko‘ra, tergov davomida 2 nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 219 va 236-moddalari bilan sirtdan ayb e’lon qilinib, sudning ajrimi bilan qamoqqa olish ehtiyot chorasi hamda 1 nafari (ayol)ga Jinoyat kodeksining 139 (tuhmat) va 140-moddalari (haqorat qilish) bilan sirtdan ayb e’lon qilinib, «munosib xulq-atvorda bo‘lish to‘g‘risida tilxat» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan va ularga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

O‘z navbatida, «Effect.uz» axborot agentligining yana 1 nafar muxbiri tergovga qadar tekshiruv hamda tergov harakatlari jarayonlarida chaqirtirilgan vaqtda tergov organiga yetib kelgan va u bilan bog‘liq tergov harakatlari o‘tkazilgan, xuddi shuningdek, u doimiy ravishda o‘zining konstitutsiyaviy burchini bajarishi, chaqirilgan vaqtga tergov organiga yetib kelishini bildirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bosh prokuratura «Effect.uz» saytining ikki nafar jurnalisti qidiruvga berilganini ma’lum qildi