09:30 / 07.04.2021
2 164

Andijonda tug‘ilgan xitoylik investorning Temurbek ismli o‘g‘liga tug‘ilganlik haqida guvohnoma topshirildi

Andijonda tug‘ilgan xitoylik investorning Temurbek ismli o‘g‘liga tug‘ilganlik haqida guvohnoma topshirildi
Foto: «Daryo»
Xitoy Xalq Respublikasi fuqarolari — Xuang Lianjun hamda Shu Juanjunlarning Baliqchi tumanida tug‘ilgan farzandi Xuang Xiaoboning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi topshirildi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

DXA Andijon viloyat boshqarmasi axborot xizmatining ma’lumot berishicha, 2021 yil 27 mart kuni Baliqchi tumani fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limiga xitoylik fuqarolar Xuang Lianjun hamda Shu Juanjunlar murojaat qilib, 2020 yil 2 dekabr kuni Baliqchi tuman tug‘ruq kompleksida dunyoga kelgan farzandining tug‘ilganligini qayd etishda amaliy yordam so‘ragan.

Ularning murojaati tegishli tartibda ko‘rib chiqilib, bolalarning haqiqatan ham Baliqchi tumanida tug‘ilganligi tasdiqlangach, Baliqchi tuman FHDYO bo‘limi tomonidan dalolatnoma yozuvlari qayd etilgan.

Kuni kecha ushbu xorij fuqarolarning Xuang Xiaobo ismli o‘g‘liga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma tantanali ravishda topshirilgan.

Foto: «Daryo»
«O‘zbekiston mening ikkinchi Vatanim desam, yanglishmayman. Boisi ushbu diyorda o‘n yildan buyon yashab kelyapman. Ayni paytda chinni buyumlarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi ‘Mig farfor’ mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari sifatida faoliyat yuritmoqdaman. 2020 yil oilamiz uchun quvonchli voqealarga boy bo‘ldi. O‘tgan yilda korxonamiz faoliyatini kengaytirish maqsadida 1 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritib, yillik mahsulot ishlab chiqarish quvvatini 7 milliard so‘mga yetkazdik.

Shu bilan birga, 150 nafardan ortiq fuqaroni ish bilan ta’minladik. Bundan tashqari, yil oxirida o‘g‘il farzandli bo‘ldim. Unga Xuang Xiaobo deb ism qo‘ydik. O‘zbekchasiga o‘g‘limizni Temurbek deb chaqiryapmiz. Oradan to‘rt oyga yaqin vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, bugun o‘g‘limizning tug‘ilganligi qayd etilganidan xursandmiz. Murojaatimizni qaytarmasdan, ishimizni oson hal qilib berishda o‘zining xizmatlarini ayamagan FHDYO xodimlariga o‘z minnatdorligimni bildiraman
», — dedi Xuang Lianjun.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda tug‘ilgan xitoylik investorning Temurbek ismli o‘g‘liga tug‘ilganlik haqida guvohnoma topshirildi