13:30 / 07.04.2021
1 324

Nima uchun erta qariymiz? XXI asrdagi odatlarning keksayishga ta’siri

Nima uchun erta qariymiz? XXI asrdagi odatlarning keksayishga ta’siri
Foto: Cosmopolitan
Teriga erta ajin tushishi va uning ahvoli yomonlashishiga kundalik odatlarning ham ta’siri katta bo‘ladi.

Smartfon va ijtimoiy tarmoqlar
Tadqiqotchilar gadjetlardan taraladigan ko‘k nurning zararini hali ham o‘rganishda davom etmoqda. Nuridan tashqari, unga boshni egib, bo‘yin va umurtqani zo‘riqtirish ham salomatlik uchun foydali emas. Bu teri ahvoliga ta’sir qilmay qolmaydi va natijada bo‘yinga ajin tushadi, yuz shaklining aniqligi o‘zgaradi, shuningdek, baqbaqa ham paydo bo‘ladi.

Nima qilish kerak?
Kun davomida telefonga tikilib o‘tirmaslik kerak. Toza havoda sayr qilish, sport bilan shug‘ullanish va to‘g‘ri ovqatlanish qarishning asosiy dushmanlari hisoblanadi.

Fastfud
Zararli ovqatlanishdan o‘zini tiya olmaydiganlarning muddatidan avval qarishi va tez vazn to‘plashi kafolatlangan. Yuz to‘qimalarning shishishi, terining qurishi, kontur deformatsiyasi va yuzning so‘lg‘in tus olishi fastfudga bo‘lgan sevgining oqibati sanaladi.

Nima qilish kerak?
To‘g‘ri ovqatlanishga rioya qilish va inson yeyish uchun yashamasligi, yashash uchun yeyishi kerakligini yodda tutish lozim.

Oftobda qorayish
Quyosh nuridan bahra olish yaxshi, ammo me’yordan ortiq vaqt kechirish terining qurishi, ajin tushishi va qizarishlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Qolaversa, quyosh vannasiga mukkasidan ketish salomatlik uchun zararli.

Nima qilish kerak?
Quyoshdan sifatli himoya qiladigan vositalardan foydalanish va toblanish borasida me’yorni bilish kerak.

Chekish
Sigaretlar teriga ultrabinafsha nurlar singari ta’sir ko‘rsatadi. Kollagen va elastinga zarar yetishi oqibatida teri shalvirab qoladi va ajin tushadi.

Nima qilish kerak?
Asta-sekinlik bilan chekishni tashlashga harakat qilib sog‘lom turmush kechirish lozim.

Ofisda ishlash
Monitor qarshisida kuniga 6 soat ishlash ayollarni 5-10 yoshga qaritadi. Kosmetologlarda «kompyuterli yuz» degan atama mavjud bo‘lib, bu ko‘z ostida paydo bo‘lgan halqalar, qurigan teri va ajin tushgan bo‘yinga nisbatan ishlatiladi.

Nima qilish kerak?
Orada dam olib turish, toza havoda nafas olish, ko‘proq suv ichish va vaziyatni o‘zgartirib turish kerak.

Turmush tarzi
Kechasi faol bo‘lib kunduzi uxlash, nafaqat hayot tarzi, balki salomatlik va teri uchun ham zararli hisoblanadi. Gap shundaki, terining ham o‘z ritmi bo‘ladi. Tunda barcha hujayra jarayonlari faollashadi, bu vaqtda kompyuter qarshisida o‘tirish va ziyofatda bo‘lish esa bioritmga salbiya ta’sir qiladi. Oqibatda teri sezuvchan, bo‘ladi ahvoli yomonlashadi, gormonal fon ishdan chiqadi.

Nima qilish kerak?
Surunkali uyqusizlik odatidan qutilish, to‘g‘ri ovqatlanish va teri regeneratsiyasi uchun tungi krem va niqoblarni kanda qilmaslik lozim.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Nima uchun erta qariymiz? XXI asrdagi odatlarning keksayishga ta’siri