18:56 / 07.04.2021
2 222

Jizzaxda xalqaro kurort tashkil etiladi

Jizzaxda xalqaro kurort tashkil etiladi
«Zomin» turistik-rekreatsion zonasini va xalqaro umummavsumiy kurortni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni (PF–6201-son, 06.04.2021 y.) qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Farmonga ko‘ra, quyidagilar tashkil etildi:
- «Zomin» turistik-rekreatsion zonasi;
- «Zomin» turistik-rekreatsion zonasi direksiyasi» davlat unitar korxonasi;
- Turistik zona hududida «Suffa platosi. 2 400» xalqaro umummavsumiy kurorti va «O‘riklisoy» turizm majmuasi.
Turistik zona faoliyat ko‘rsatish muddati keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilga tashkil qilinadi.

2024 yil 1 yanvarga qadar qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tashkil etish uchun tadbirkorlar tomonidan import qilinadigan asbob-uskunalar, texnika, xomashyo, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va boshqa materiallar bojxona to‘lovlaridan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) ozod etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda xalqaro kurort tashkil etiladi