19:21 / 07.04.2021
1 433

Farg‘onada qidiruv e’lon qilingan shaxs Toshkentda qo‘lga olindi

Farg‘onada qidiruv e’lon qilingan shaxs Toshkentda qo‘lga olindi
Majburiy ijro byurosi Farg‘ona tuman bo‘limi tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining 23.12.2016 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor A.Madyorovdan ikki nafar voyaga yetmagan farzandi uchun aliment undirish bo‘yicha majburiy ijro harakatlari o‘tkazib kelingan.

Mazkur ijro hujjati bo‘yicha qarzdor A.Madyorovdan aliment puli majburiy ijro harakatlari natijasida undirib kelingan bo‘lib, 2020 yil noyabr oyidan 2021 yil mart oyiga qadarli 3 575 762 so‘m aliment pulini to‘lashdan qasddan bosh tortib ijrodan yashiringan.

Shunga ko‘ra, qarzdor otaga nisbatan 23.03.2021 yilda davlat ijrochisi tomonidan qidiruv e’lon qilingan.

Majburiy ijro byurosi Farg‘ona viloyat boshqarmasi qidiruv sho‘’basi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar jarayonida qarzdor A.Madyorov joriy yilning 5 aprel kuni Farg‘ona shahrida xususiy korxonada ham ishlab ham ushbu ishlayotgan manzilida yashab yurganligi aniqlanib ushlangan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona tuman sudining 05.04.2021 yildagi qarori bilan qarzdor A.Madyorov 3 575 762 so‘m alimentni to‘lashdan bosh tortganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47-4-moddasi 1-qismiga asosan 15 sutka qamoq jazosi tayinlangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada qidiruv e’lon qilingan shaxs Toshkentda qo‘lga olindi