22:00 / 07.04.2021
2 533

Nohaq ishdan bo‘shatilganlar MIB yordami bilan ishga tiklandi

Nohaq ishdan bo‘shatilganlar MIB yordami bilan ishga tiklandi
Konstitutsiyamizning 37-moddasida har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ega ekani mustahkamlab qo‘yilgan.

Fuqarolarimizning ushbu konstitutsiyaviy huquqlari amaldagi mehnat qonunchiligida ham o‘z ifodasini topgan bo‘lib, qonunga ko‘ra hech kim asossiz ravishda ishdan bo‘shatilishi mumkin emas. Ammo shunga qaramay, kundalik hayotda mehnat bilan bog‘liq nizolar uchrab turadi.

Majburiy ijro byurosi Qo‘rg‘ontepa tuman bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘rg‘ontepa tumanlararo sudining tuman tibbiyot birlashmasiga fuqarolar N.Oxunova va G.Axunovalarni ishga tiklash, majburiy progul uchun ularga 7.6 mln so‘m miqdoridagi ish haqlarini undirish to‘g‘risida ijro varaqasi kelib tushgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida, fuqarolar tibbiyot birlashmasining tug‘ruq majmuasi bo‘limida chaqaloq hamshirasi vazifasiga ishga tiklanib, ularga majburiy progul kunlari uchun ish haqlari to‘liq undirib berilishi ta’minlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nohaq ishdan bo‘shatilganlar MIB yordami bilan ishga tiklandi