09:30 / 08.04.2021
1 680

Yakkasaroyda 3 ta avtomobil va avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Yakkasaroyda 3 ta avtomobil va avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida Lacetti, Matiz, Spark va avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar qilmoqda shahar IIBB.

Qayd etilishicha, 2021 yil 7 aprel kuni soat 09:45 da Yakkasaroy tumani Katta Mirobod ko‘chasida 28 yoshli samarqandlik A.I. Lacetti rusumli avtomobilni Sharof Rashidov ko‘chasi bo‘ylab boshqarish davomida boshqaruvni yo‘qotib, Katta Mirobod va Shota Rustaveli ko‘chalari kesishmasida svetoforning taqiqlovchi belgisiga to‘xtagan 35 yoshli Sh.Sh. boshqaruvidagi Spark va 24 yoshli A.K. boshqaruvidagi Matiz bilan to‘qnashgan.

Foto: Toshkent shahar IIBB
Shundan so‘ng Lacetti beton ustunga borib uriladi. Zarbadan Matiz ag‘darilib, qarshisida turgan 30 yoshli B.T. boshqaruvidagi Isuzu rusumli yo‘lovchi avtobusiga to‘qnashgan. YTH sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Foto: Toshkent shahar IIBB
YTH natijasida avtobus yo‘lovchilariga zarar yetmadi. Lacetti avtomobili va Spark avtomobili yo‘lovchisi badan shikastlari bilan shifoxonaga yetkazilgan.

Mazkur fakt bo‘yicha Toshkent shahar IIBB tomonidan tergovoldi tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yakkasaroyda 3 ta avtomobil va avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi