18:21 / 08.04.2021
2 609

«Chorak yakunigacha o‘zgarish bo‘lmasa, barchasi ishdan ketadi» - Prezident

«Chorak yakunigacha o‘zgarish bo‘lmasa, barchasi ishdan ketadi» - Prezident
Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev hamda Navoiy viloyati hokimi Qobil Tursunovga hayfsan berildi, ular faoliyatida chorak yakunigacha o‘zgarish bo‘lmasa, ishdan ketadi. Bu haqda 8 aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda «Daryo».

Yig‘ilishda Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev, viloyat prokurori Tojiyev, ichki ishlar boshlig‘i Sotvoldiyevga hamda Navoiy viloyati hokimi Qobil Tursunov va viloyat prokurori Ahmedovga hayfsan berildi.

«Qat’iy ogohlantirish: chorak yakunigacha o‘zgarish bo‘lmasa, barchasi ishdan ketadi. Navoiy viloyati ichki ishlar boshlig‘i Tasbayev va soliq rahbari Botiraliyevlar lavozimiga 2021 yil mart oyida tayinlanganini inobatga olib, ularga 3 oy sinov muddati. Ushbu yangi rahbarlar ham natija ko‘rsatmasa, lavozimidan olinadi», – dedi Prezident.

Shu bilan birga, Ulug‘nor, Uzun, Yozyovon, Dehqonobod tumanlari hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari, Andijon, Oltinko‘l, Olot, Qorako‘l, Oqoltin, Chilonzor, Mo‘ynoq tumanlari, Xiva va Chirchiq shaharlari soliq idoralari boshliqlari ham lavozimidan ozod etildi.

Prezident Markaziy bank, uning hududiy boshqarmalari va tijorat banklari faoliyati ham talab darajasida emasligini ta’kidlab o‘tdi.

«Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Zohidovga hayfsan beriladi. Agar 2 oy ichida ish uslubida o‘zgarish bo‘lmasa, mahallagacha tushib ishlamasa, tashabbus ko‘rsatmasa, uni ham ishdan olaman», – dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Chorak yakunigacha o‘zgarish bo‘lmasa, barchasi ishdan ketadi» - Prezident