16:10 / 09.04.2021
1 847

Yakkasaroyda 3 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Yakkasaroyda 3 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Foto: YHXBB axborot xizmati
Bugun, 9 aprel kuni soat 10:00larda Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasida joylashgan tuman IIO FMB binosi ro‘parasida uchta avtomobil ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

YTHda haydovchi, 1998 yilda tug‘ilgan F.M. boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli; haydovchi, 1990 yilda tug‘ilgan R.F. boshqaruvidagi «Damas» rusumli; haydovchi, 1978 yilda tug‘ilgan D.A. boshqaruvidagi «Spark» rusumli avtomobillar shikastlangan.

To‘qnashuv natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Mazkur YTH yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, to‘qnashuv sodir bo‘lish sabablariga oydinlik kiritilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yakkasaroyda 3 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi