20:02 / 09.04.2021
2 229

Buxorodagi MCHJ omborxonasida yirik yong‘in yuz berdi

Buxorodagi MCHJ omborxonasida yirik yong‘in yuz berdi
9 aprel kuni Buxoro viloyati Olot tumani «Xalifa» MFYda joylashgan «Imronnike» MCHJ hududidagi omborxonada yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

Xabar asosida voqea joyiga 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji borgan. Hodisa oqibatida korxona omborxonasi ichki qismining taxminan 200 kv.m. maydoni yonib zararlangan. Ob’ektning 400 kv.m maydoni saqlab qolingan.

Mazkur holat natijasida tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan.

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdorini aniqlash ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxorodagi MCHJ omborxonasida yirik yong‘in yuz berdi