23:57 / 09.04.2021
1 708

Farmon ijrosi amalda: Aliment undiruvchilarining sarson va ovoragarchiligi oldi olindi

Farmon ijrosi amalda: Aliment undiruvchilarining sarson va ovoragarchiligi oldi olindi
Davlatimiz rahbarining 2020 yil 24 noyabrdagi PF-6118-sonli Farmonida Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlariga asosan, voyaga yetmagan farzandlarning moddiy ta’minoti uchun aliment pullarini hisoblash va to‘lash tartib-taomillari ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish maqsadida, 2021 yil 1 martdan boshlab qarzdorlar tomonidan aliment majburiyatlarini ijro etish va nazorat qilishning yagona axborot tizimi orqali amalga oshirilishi, bunda Byuro tomonidan ijro hujjatlari bo‘yicha undiruvchi (aliment oluvchi) nomiga tegishli bank kartasi rasmiylashtirilishi, hamda aliment pullari, shu jumladan qarzdorning ish haqidan ushlab qolingan aliment pullari ushbu alohida bank hisobvarag‘i orqali mazkur bank kartasiga o‘tkazilishi belgilandi.

Byuroning Yashnobod, Uchtepa tuman bo‘limlarida ham Farmon ijrosi yuzasidan ijro harakatlari amalga oshirilib kelinmoqda. Bo‘lim davlat ijrochilari hamda “Aloqabank” xodimlari bilan birgalikda aliment oluvchilarga yana bir bor Farmon mohiyati tushuntirilib, bank plastik kartalari tarqatilmoqda. Aliment majburiyatlarini ijro etish va nazorat qilishning yagona axborot tizimi aliment majburiyatlari bo‘yicha alohida bank hisobvarag‘i bilan integratsiya qilinadi.

Bunda Byuro tomonidan ijro hujjatlari bo‘yicha undiruvchi (aliment oluvchi) nomiga tegishli bank kartasi rasmiylashtiriladi hamda aliment pullari, shu jumladan qarzdorning ish haqidan ushlab qolingan aliment pullari ushbu aliment majburiyatlari bo‘yicha alohida bank hisobvarag‘i orqali mazkur bank kartasiga o‘tkaziladi bu esa oldingidek, qarzdorlarga ortiqcha pochta harajatlarini to‘lashga chek qo‘yadi hamda aliment oluvchilar pochta bo‘limiga borib ortiqcha ovvoragarchilikka yo‘l qo‘yilishini va bir necha kunlab naqd pul yig‘ilishini kutishga chek qo‘yadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farmon ijrosi amalda: Aliment undiruvchilarining sarson va ovoragarchiligi oldi olindi