09:02 / 10.04.2021
1 856

Namanganda 24 yashar yigit boshqaruvidagi Damas shimoliy Farg‘ona kanaliga g‘arq bo‘ldi (video)

Namanganda 24 yashar yigit boshqaruvidagi Damas shimoliy Farg‘ona kanaliga g‘arq bo‘ldi (video)
Foto: To‘raqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati
Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumani, Buramatut qishlog‘ida yashovchi 24 yashar Ixtiyor Abdurahmonov boshqaruvidagi Damas avtomashinasi bugun, 9 aprel kuni Shimoliy Farg‘ona kanalining Kujron mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi 633-piketida suvga g‘arq bo‘ldi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

«Ertalab soat 7:00 lar chamasida qishlog‘imizdan hasharchilarni dalaga olib bordim. Ortga qaytmoqchi bo‘lib, o‘sha yerning o‘zidan mashinani qaytarmoqchi edim. Birdaniga kanal chetidan tuproq o‘pirilib, boshqaruvni yo‘qotdim. Yaxshi ham tezda sakrab mashinadan chiqib olganim, yo‘qsa men ham suvga g‘arq bo‘lardim», — deydi Ixtiyor.

Foto: To‘raqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati
Yigit yaqinlariga voqea haqida xabar berdi, ular esa tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi bilan bog‘landi. 20 daqiqa ichida yetib kelgan viloyat FV boshqarmasining maxsus tezkor guruhi cho‘kib ketgan avtomobilni qidirishni boshladi.

Foto: To‘raqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati
Damas 100 metrcha nariga oqib ketgan ekan. Avtomobil topilgach, bir soat vaqt ichida uni quruqlikka olib chiqishga erishildi.

Foto: To‘raqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati
Tuman melioratsiya boshqarmasi vakilining aytishicha, kanaldagi suvning harorati 10 daraja iliq atrofida. Ammo oqim tezligi unga tushgan kishini karaxt qilib qo‘yishi mumkin. Boshqarmaning 7 nafar qutqaruvchisi galma-gal suvda turib, mashinani avtokranning metall troslariga ulanishini ta’minladi. Bir soat davom etgan urinishlardan so‘ng Damas quruqlikka chiqarib olindi.

Foto: To‘raqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati
«Shu o‘rinda bunday favqulodda vaziyatlarda bizga ko‘mak berayotgan tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi jamoasiga ham rahmat aytamiz. Bugun ham ularga tegishli avtokranning yordami juda asqatdi», — deydi tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Foziljon Xo‘jamberdiyev.

Foto: To‘raqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda 24 yashar yigit boshqaruvidagi Damas shimoliy Farg‘ona kanaliga g‘arq bo‘ldi (video)