15:51 / 10.04.2021
3 016

Saida Mirziyoyeva termizlik voyaga yetmagan qiz fojiasiga munosabat bildirdi

Saida Mirziyoyeva termizlik voyaga yetmagan qiz fojiasiga munosabat bildirdi
Foto: Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari, O‘zbekistonda gender tengligini ta’minlash komissiyasi a’zosi Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram’dagi kanali orqali termizlik erkak maktab o‘quvchisini ikki marta zo‘rlagani hamda huquqni muhofaza qilish idoralari bu ishni «tinchitib» yuborgani to‘g‘risidagi xabarga munosabat bildirdi.

Avvalroq Senatning Mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi a’zosi Farhod Boqiyev termizlik erkak maktab o‘quvchisini ikki marta zo‘rlagani hamda huquqni muhofaza qilish idoralari bu ishni «tinchitib» yuborganini ma’lum qilgandi. IIV ushbu holat yuzasidan xizmat tekshiruvini boshlagan, Tergov departamenti tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

- "Termizlik voyaga yetmagan qiz fojiasi, uni zo‘rlagan kimsaning jazosiz qolayotgani haqidagi xabar jamiyatning g‘azabiga sabab bo‘ldi va men ularning qarashlarini butunlay quvvatlayman.

Bu mavzu ko‘tarilganidan xursandman, u shu kabi jinoyatlardan aziyat chekkan qizlarga o‘rnak bo‘ladi. Bunday jinoyatlar e’tiborsiz, jazosiz qolmasligi kerak.

Bir yildan ortiq vaqt davomida ota-ona adolat izlab, norasida qizining hayotini sindirgan zo‘ravonni jazolashni talab qildi.

Jinoyatchini hech qanaqasiga oqlab bo‘lmaganidek, Termiz huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlarini ham umuman oqlab bo‘lmaydi. IIV bu holat yuzasidan surishtiruv-tergov ishlarini o‘tkazishiga va Termiz IIB xodimlari jinoyatni yashirgani uchun qonun oldida javob berishga umid qilaman. Mening fikrimcha, bunday odamlar sohada yuzaga kelayotgan adolatsizliklarning asosi va qo‘zg‘atuvchisidir.

Jinoyatchining mansabi, vakolati va aloqalari hech qanday holatda sud organlari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning adolatli bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatmasligi lozim.

Qizchaning ota-onasiga sabr, o‘ziga esa kuch tilayman. Bardam bo‘ling, vijdonini yo‘qotmagan barcha siz tomonda!
", - dedi Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Saida Mirziyoyeva termizlik voyaga yetmagan qiz fojiasiga munosabat bildirdi