16:50 / 10.04.2021
1 346

Qashqadaryoda uyida eshak so‘yib sotayotgan shaxslar fosh qilindi (foto)

Qashqadaryoda uyida eshak so‘yib sotayotgan shaxslar fosh qilindi (foto)
Foto: Telegram
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida uyida eshak so‘yib, uning go‘shtini sotish bilan shug‘ullangan fuqarolar aniqlandi. Bu haqda viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 5 aprel kuni Qarshi shahar «Arabxona» MFY Yangibog‘ ko‘chasida yashovchi fuqaro X.Sh.ning xonadonida eshaklarni fuqaro X.J. so‘yayotgani viloyat IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi va Qarshi shahar IIO FMB xodimlarining tezkor sa’y-harakatlari natijasida aniqlangan.

Tekshiruv davomida xonadondan bo‘g‘izlangan eshaklar va uning ajratilgan terilari, uyning xonalaridan birida eshak go‘shti deb gumonlangan so‘yilgan lahm go‘sht mahsulotlari, 20 dona tirik eshak ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. Ushbu hayvonlardan qanday maqsadda foydalanishi haqida fuqaro bilan surishtiruv ishlari olib borilganda, eshak go‘shtini sotish maqsadida so‘yishini ma’lum qilgan.

Foto: Telegram
Qarshi shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limiga olingan lahm go‘sht mahsulotlarini yaroqli yoki yaroqsizligini aniqlash maqsadida ekspertiza tayinlangan. Bo‘limning Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi mikrobiologiya veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi tomonidan berilgan ekspertiza xulosasida go‘sht mahsulotlari iste’molga yaroqsizligi ma’lum qilingan.

Natijada olingan lahm go‘sht va terilar belgilangan tartibda yo‘q qilingan.

Foto: Qashqadaryo viloyati IIB

Foto: Qashqadaryo viloyati IIB
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. «Tekshiruv natijalariga ko‘ra, qo‘shimcha ma’lumot e’lon qilinadi», — deyiladi xabarda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda uyida eshak so‘yib sotayotgan shaxslar fosh qilindi (foto)