20:30 / 10.04.2021
15 117

Xorazmda 19 yoshli kelin molxonada o‘zini osgan holda topildi

Xorazmda 19 yoshli kelin molxonada o‘zini osgan holda topildi
Marhuma Muxlisa Qadamboyeva / Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Ijtimoiy tarmoqlarda kelinning o‘z joniga qasd qilishiga uning o‘limidan avval eri, qaynakasi va qaynotasi tomonidan do‘pposlangani turtki bo‘lgani, bunga sabab sifatida esa kelin uyidagilardan beso‘roq ammasining tug‘ilgan kuniga ketgani va yo‘lkiraga qo‘shnidan 5 ming so‘m pul qarz olgani aytilmoqda.

Bosh prokuraturaning Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinovdan olingan ma’lumotga ko‘ra, 2002 yilda tug‘ilgan, Shovot tumani Katqal’a mahallasida yashagan Muxlisa Qadamboyeva 1 aprel kuni soat 11:00larda o‘z uyining molxonasida yog‘och to‘singa o‘zini osib, o‘z joniga qasd qilgan.

O‘lim sabablarini aniqlash maqsadida Respublika sud-tibbiy ekspertizasi ilmiy-amaliy markaziga sud-tibbiy ekspertiza tayinlanib, murda tekshiruvdan o‘tkazilgan.

Dastlabki ekspertiza ma’lumotida Muxlisa Qadamboyevaning o‘limi sababi sifatida o‘zini o‘zi osishi natijasidagi asfiksiya holati keltirilgan.

Shuningdek, Hayot Shamsutdinov marhumaning do‘pposlangani haqida aniq ma’lumotga ega emasligini, hozirda holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganini va tekshiruv natijalari haqida ma’lumot berilishini bildirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Muxlisa Qadamboyeva 2020 yil oktabr oyida 2001 yilda tug‘ilgan M.Yangiboyev bilan turmush qurib, uning oilasi bilan Katqal’a mahallasida istiqomat qilib kelgan.

Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining 103-moddasida shaxsni qo‘rqitish, unga rahmsiz muomala qilish yoki uning sha’ni va qadr-qimmatini muttasil ravishda kamsitish natijasida uni o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xorazmda 19 yoshli kelin molxonada o‘zini osgan holda topildi