22:13 / 11.04.2021
2 495

Shifokor bedavo dardning ilk alomatlarini ma’lum qildi

Shifokor bedavo dardning ilk alomatlarini ma’lum qildi
Foto: «Demenciya.ru»
Parkinson kasalligining dastlabki belgilari titroqdan ancha oldin boshlanadi, ba’zida ularni kasallikdan 10 yoki 20 yil oldin payqash mumkin. Bu haqda rossiyalik shifokor Vera Pshenichnikova ma’lum qildi.

Mutaxassis mehnat qobiliyatining pasayishi, hid va uyqu buzilishi bedavo nerv kasalligining birinchi signallari ekanligini aytdi. Siz hid bilish qobiliyatingizni uyda, masalan, qahva yoki tanish atirlarni hidlab tekshirib ko‘rishingiz mumkin. Ushbu alomatlar bir necha yil davom etishi mumkin. Shundan so‘ng odam yelkalarida og‘irlikni his qila boshlaydi. Bunday shikoyat bilan u nevrologga murojaat qiladi va uni osteoxondrozdan davolashadi.

«Bu sekin-asta rivojlanuvchi jarayon bo‘lib, odamlar uni sezmaydi. Aslida bularning hammasi Parkinson kasalligining bosqichlari bo‘lib, ularni davolashni boshlagan ma’qul. Chunki bu bemorning hayot sifatini uzaytiradi», — dedi shifokor.

Pshenichnikovaning ta’kidlashicha, kasallik faqat irsiyatga bog‘liq emas. Uni, shuningdek, yomon ekologiya, nosog‘lom ovqatlanish, semizlik va gipertoniya keltirib chiqarishi mumkin.

Parkinson kasalligining birinchi bosqichi bir qo‘ldagi titroq hisoblanadi. Keyinchalik u ikkinchi qo‘lda ham boshlanadi, keyin harakatlar bilan bog‘liq muammolar boshlanadi. Uchinchi bosqichda bemorning harakatlanishi qiyinlashadi va kognitiv funksiyalar sezilarli darajada kamayadi. To‘rtinchi bosqichda bemor boshqa odamlarning ko‘magiga ehtiyoj sezadi, beshinchisida u yotoqqa yoki nogironlar aravachasiga mixlanib qoladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shifokor bedavo dardning ilk alomatlarini ma’lum qildi