08:30 / 12.04.2021
1 838

5 ming dollar evaziga Yangihayot tumanidagi oilaviy yotoqxonadan xonadon olib bermoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

5 ming dollar evaziga Yangihayot tumanidagi oilaviy yotoqxonadan xonadon olib bermoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi
Yangihayot tumanida oilaviy yotoqxonadan xonadon olib bermoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

Departamentning Yangihayot tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro E.K. tumandagi «Kommunal ta’mirlash-avariyani tiklash xizmati» MCHJ nazoratchisi S.X. bilan oldindan til biriktirib, fuqaro M.ning ishonchiga kirib, tuman hokimligi tomonidan operativ boshqaruv huquqi asosida berilgan oilaviy yotoqxonadan bitta xonadonni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilib, evaziga 5 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan E.K. va S.X.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 5 ming dollar evaziga Yangihayot tumanidagi oilaviy yotoqxonadan xonadon olib bermoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi