09:01 / 12.04.2021
1 307

Andijon shahar Xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i 900 dollar pora olayotganda ushlandi

Andijon shahar Xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i 900 dollar pora olayotganda ushlandi
Andijon shahar Xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i jinoyat ustida ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

Qayd etilishicha, Departament va DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro yana bir fuqaroning ishonchiga kirib uning xalq ta’limi tizimida ishlovchi tanishlarini attestatsiyadan o‘tkazish, ikki nafar tanishini maktab direktori lavozimiga hamda dugonasini maktab direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlash masalasini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali ijobiy hal qilib berish evaziga 8400 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Tadbirda fuqaro aybiga to‘liq iqror bo‘lgan, pushaymonligini bildirib, fuqarolardan olgan 8400 AQSH dollarining bir qismini Andijon shahar xalq ta’lim bo‘limi boshlig‘iga olib borib berish uchun ariza bilan murojaat qilganini bildirgan.

Fuqaro ko‘rsatmalari asosida tadbir davom ettirilgan. Andijon shahar xalq ta’lim bo‘limi boshlig‘i fuqarolardan ular aytgan masalalarni hal etib berish uchun 900 AQSH dollarini pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar xalq ta’lim bo‘limi boshlig‘iga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi, fuqaroga nisbatan esa 168-moddasi va 28-, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Andijon shahar Xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i 900 dollar pora olayotganda ushlandi