19:33 / 12.04.2021
2 301

Andijonda «tonirovka»si uchun to‘xtatilgan Nexia haydovchisi YPX inspektori bilan janjallashdi

Andijonda «tonirovka»si uchun to‘xtatilgan Nexia haydovchisi YPX inspektori bilan janjallashdi
IIV YHXBB axborot xizmati ijtimoiy tarmoqda «Andijonda GAI xodimlari bilan janjal» sarlavhasi ostida tarqalgan videolavhaga munosabat bildirdi.

9 aprel kuni soat 19:30 larda, Andijon viloyati IIB YHXB YPX xodimi A.Mahmudov tomonidan Andijon shahar Cho‘lponshoh ko‘chasida Nexia-3 rusumli avtomobil to‘xtatilib tekshirilganda, yon oynalari tegishli ruxsatnomasiz, old oynasi esa tusini o‘zgartirish mumkin bo‘lmasa-da tusi o‘zgartirilgani («tonirovka») aniqlangan.

Belgilangan tartibda bayonnoma rasmiylashtirilishi vaqtida 29 yoshli haydovchi A.Sh.ning YPX xodimiga ko‘rsatgan faol qarshiligi atrofda fuqarolar to‘planishiga sabab bo‘lgan.

PPX va Milliy gvardiya xodimlari yordamida yuzaga kelgan nizoli vaziyat bartaraf etilib, o‘rnatilgan tartibda ma’muriy bayonnoma tuzilgan va avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIO FMB tomonidan qo‘shimcha surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda «tonirovka»si uchun to‘xtatilgan Nexia haydovchisi YPX inspektori bilan janjallashdi