22:33 / 12.04.2021
2 245

Qidiruvdagi shaxs ushlangach 22.8 mln. so‘m aliment pulini to‘ladi

Qidiruvdagi shaxs ushlangach 22.8 mln. so‘m aliment pulini to‘ladi
Majburiy ijro byurosi Qo‘shtepa tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Marg‘ilon tumanlararo sudining 25.04.2019 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor R.Madraximovdan ikki nafar farzandi uchun undiruvchi D.Madraximova foydasiga aliment undirish yuzasidan ijro hujjati mavjud.

Qarzdor R.Madraximov ogohlantirishlarga qaramasdan biror marotaba ham aliment pulini to‘lamasdan qasddan bo‘yin tovlab kelgan. Garchand, unga nisbatan O‘zbekiton Respublikasi MJtKning 47-4-moddasiga asosan tegishli ma’muriy chora ko‘rilgan bo‘lsada, o‘ziga tegishli xulosa chiqarmagan.

20.01.2021 yilda yashash manzilini o‘zgartirib bu haqda Byuroning Qo‘shtepa tuman bo‘limiga tegishli xabar bermagan qarzdor R.Madraximovga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Majburiy ijro byurosi Farg‘ona viloyati boshqarmasi qidiruv sho‘’basi xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv tadbirlari davomida qarzdor Farg‘ona shahar Yangi asr ko‘chasi 190-uy 71-xonadonda yashab kelayotganligi aniqlanib ushbu manzildan ushlangan.

Dastlabki suhbatda R.Madraximovga O‘zbekiston Respublikasi JKning 122-moddasi mazmun-mohiyati hamda sudlanganlik va uning huquqiy oqibatlari tushuntirilgach, qarzdor 22 mln. 800 ming so‘m, ya’ni 2021 yil 1 may kuniga qadar hisoblangan aliment qarzini naqd shaklda to‘liq to‘lab bergan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qidiruvdagi shaxs ushlangach 22.8 mln. so‘m aliment pulini to‘ladi