22:43 / 12.04.2021
2 449

Aliment to‘lamagan mirishkorlik ota 15 sutkaga qamaldi

Aliment to‘lamagan mirishkorlik ota 15 sutkaga qamaldi
Mirishkor tumanidagi Yangiobod mahallasida yashovchi qarzdor M.Xolmurodov Fuqarolik ishlari bo‘yicha Koson tumanlararo sudining qaroriga asosan undiruvchi N.Panjiyevaning foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun oylik ish haqi va boshqa daromadlarining to‘rtdan bir qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati MIB Mirishkor tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilgan.

Davlat ijrochilari tomonidan qarzdor M.Xolmurodovning 4 oydan buyon to‘lanmagan 3 mln. 423 ming so‘m miqdordagi aliment qarzdorligini majburiy undirish maqsadida mol-mulkini aniqlash uchun davlat idoralariga so‘rov yuborilgan. Biroq qarzdor ota nomiga rasmiylashtirilgan mol-mulklar aniqlanmagan.

Qarzdordan aliment qarzdorligini undirish imkoni bo‘lmaganligi sababli, unga nisbatan to‘plangan hujjatlar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ko‘ra, jinoyat ishlari bo‘yicha Mirishkor tuman sudiga yuborildi. Sud esa qarzdor otaga 15 sutka qamoq jazosini tayinladi.

Sobir Dilmurodov
MIB Mirishkor tuman bo‘limi boshlig‘i

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Aliment to‘lamagan mirishkorlik ota 15 sutkaga qamaldi