11:40 / 13.04.2021
3 284

Shixi Jalil ziyoratgohida 19 yoshli yigit tepalikdan yiqilib tushdi (video)

Shixi Jalil ziyoratgohida 19 yoshli yigit tepalikdan yiqilib tushdi (video)
Ijtimoiy tarmoqlarda «Qoraqalpog‘istonda Shixi Jalil ziyoratgohida bir fuqaro tepalikdan pastga yiqildi» sarlavhasi bilan video tarqaldi. Voqea yuzasidan «Xalq so‘zi online» Amudaryo tumani tez tibbiy yordam bo‘limiga tayanib, ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, ushbu holat 2021 yilning 11 aprel kuni sodir bo‘lgan. Tibbiyot bo‘limi 11 aprel kuni soat 13:10 da o‘sha ziyoratgoh hududiga chaqiruv bo‘lganini tasdiqladi.

Tibbiy yordam brigadasi 13:45 da yetib borgan va bemor, ya’ni tog‘dan yiqilib tushgan 2002 yilda tug‘ilgan B.I.ga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan.

Yigit Xorazm viloyatidan tashrif buyurgan ziyoratchi bo‘lgan va tibbiy ko‘rik paytida shifokor bilan gaplashgan. Shifoxonaga bormasligini va hamrohlari bilan birgalikda ketishini, o‘zlarining hududiy shifoxonasiga ketishini aytgan.

«Afsuski, ushbu hududga kelgan ayrim ziyoratchilarning ehtiyotsizligi oqibatida ana shunday holatlar ham yuz berib turibdi. Kechagi holat biz Qur’on tilovat qiladigan hududdan sal olisroqda sodir bo‘lganligi tufayli biz keyinroq xabar topdik.

Guvohlarning aytishicha, o‘sha holat yuz bergan hududda bir necha yosh yigit tosh ustiga chiqib, undan sakragan holatlarini qo‘l telefonlariga suratga olib turgan bo‘lgan. Yiqilgan yigit ham ana shunday harakatlari va ehtiyotsizlik oqibatida yiqilgan bo‘lishi ham mumkin.

Shu o‘rinda ushbu hududning mas’ul xodimi sifatida ziyoratga tashrif buyuruvchilar va ularga rahbarlik qilib keluvchilarga bu joy turli xil qiliqlar ko‘rsatib, selfiga tushadigan manzil emasligini uqtirib qo‘ymoqchi edim. Bu ziyoratgoh! Unga kelib-ketishda tartib qoidalarga amal qilsalar va tog‘ga chiqish va tushishda xavfsizlik qoidalariga amal qilsalar, bu kabi xunuk holatlarning oldini olgan bo‘lar edik
», – deydi Shayx Jalil bobo ziyoratgohi mas’ul xodimi Maxsutboy Yakubov.

Ma’lum qilinishicha, 8 aprel kuni ham bir yosh qiz shu tog‘ga chiqish va tushishda ehtiyotsizligi oqibatida jarohat olgan. Uni ziyoratgoh mas’uli Amudaryo tumani shifoxonasiga olib borgan va unga ham tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shixi Jalil ziyoratgohida 19 yoshli yigit tepalikdan yiqilib tushdi (video)