16:44 / 13.04.2021
2 834

Mirziyoyev yoshlar bilan ishlashni eplay olmagan bir qator amaldorlarni ishdan oldi

Mirziyoyev yoshlar bilan ishlashni eplay olmagan bir qator amaldorlarni ishdan oldi
Ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash Surxondaryo viloyatida 30 foizni (15 ming 500 nafar) tashkil etib, bu respublikadagi eng past ko‘rsatkichdir. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 13 aprel kuni yoshlar masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda «Daryo».

Ma’lumotlarga ko‘ra, Xo‘jayli tumanida atigi 16 nafar (2 ming nafar yoshlar ishsiz), Furqat tumanida 27 nafar (2,1 ming nafar yoshlar ishsiz), Ulug‘norda 78 nafar (3,7 ming nafar yoshlar ishsiz), Angorda 82 nafar (3,4 ming nafar yoshlar ishsiz) ishsiz yoshlar «1+1» loyihasi bilan qamrab olingan xolos.

«Yoshlar bilan yetarli ish olib borilmagani oqibatida, ular orasida jinoyatchilik Surxondaryoda 70 foizga oshgan (239 ta jinoyat). Shofirkon, Qamashi, Xiva va Chust tumanlarida ham bu boradagi ahvol qoniqarsiz», — dedi davlat rahbari.

Shu bois yig‘ilishda «yoshlar bilan ishlashni lozim darajada tashkil etmagani uchun»
- Surxondaryo viloyati hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Begimqulov,
- Furqat tumani hokimi Soliyev,
- Ulug‘nor tumani hokimi Maxsudov,

«yoshlar jinoyatchiligining oldini olish bo‘yicha zarur choralar ko‘rmagani uchun»
- Shofirkon tumani prokurori,
- Qamashi tumani prokurori,
- Xiva tumani IIB boshlig‘i,
- Chust tumani IIB boshlig‘i,

«yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashda sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun»
- Xo‘jayli tumani soliq idorasi rahbari,
- Angor tumani soliq idorasi rahbari lavozimidan ozod etilishi e’lon qilingan.

«Ular mazkur lavozimida qancha muddat ishlab, qancha maosh olgan bo‘lsa, hammasini davlatga qaytaradi», — deb alohida ta’kidlagan prezident Shavkat Mirziyoyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mirziyoyev yoshlar bilan ishlashni eplay olmagan bir qator amaldorlarni ishdan oldi