21:14 / 13.04.2021
2 089

Sifati kafolatlanmagan tibbiy vositalar to‘xtatib qolindi

Sifati kafolatlanmagan tibbiy vositalar to‘xtatib qolindi
Qo‘shtirnoq orasidagi soxta tadbirkorlar tomonidan yurtimizda yaratilayotgan imkoniyatlarga qaramay bojxona nazoratidan yashirgan holda noqonuniy ravishda tovarlarni olib kirish holatlari hanuzgacha uchrab turibdi.

Jumladan, Navoiy xalqaro aeroportiga xorijiy aviareys bilan yuborilgan kurerlik jo‘natmalari bojxona xodimlari tomonidan xolislar ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada bojxona nazoratidan yashirilgan va hujjatlarda ko‘rsatilmagan hamda sifatini kafolatlovchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati qariyb 100 million so‘m bo‘lgan sun’iy tishlar, tish plombalari va tish ildizi kanalini plombalovchi vositalar kabi bir qator tibbiy vositalar borligi aniqlandi.

Yana bir holatda, kurerlik jo‘natmalari ko‘zdan kechirilganda, tegishli hujjatlari bo‘lmagan va sifati kafolatlanmagan umumiy qiymati 70 million so‘mlik bo‘lgan tibbiyot buyumlari borligi aniqlandi.

Shuningdek, navbatdagi holatda ham kurerlik jo‘natmalari o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirildi. Natijada, jo‘natmalarda bojxona nazoratidan yashirilgan umumiy qiymati qariyb 66 million so‘mlik sifati kafolatlanmagan tibbiyot buyumlari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sifati kafolatlanmagan tibbiy vositalar to‘xtatib qolindi