22:27 / 13.04.2021
2 529

Tuman (shahar) adliya bo‘limlari o‘z faoliyatini boshlaganiga 3 yil bo‘ldi

Tuman (shahar) adliya bo‘limlari o‘z faoliyatini  boshlaganiga 3 yil bo‘ldi
Ko‘pchilikka ma’lumki, bundan 3 yil avval adliya organlari faoliyati yangi bosqichga ko‘tarildi. Ya’ni 2018 yil 13 aprel kuni Prezidentning PF–5415-son Farmoni qabul qilindi va ushub Farmon bilan adliya organlarining tuman (shahar) bo‘limlari tashkil etildi.

Tuman (shahar) adliya bo‘limlarini tashkil qilishdan maqsad nimada edi?
Adliya bo‘limlari faoliyatidan asosiy maqsad – huquqni qo‘llash amaliyotini tizimli tahlil qilish va uning izchilligi va bir xilligini ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan choralarni ishlab chiqish, huquqiy normalarning o‘zboshimchalik bilan va noto‘g‘ri talqin qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan joylarda davlat organlari va boshqa tashkilotlarga huquqiy maslahatlar berish, shuningdek fuqarolarning huquq va erkinliklari ularning haqiqiy ehtiyojlari bilan bog‘liq holda ta’minlanishiga erishishdan iborat edi.

Bu esa hamyurtlarimizning viloyatlar markaziga yuzlab chaqirim yo‘l bosib o‘tirmay, ularning huquqiy muammolarini ortiqcha ovoragarchiliksiz hal etishga imkon berdi.

To‘g‘ri dastlab ko‘zlangan maqsadlarga erishishda adliya organlari faoliyatiga ishonchsizlik bilan qarashlar ham bo‘ldi, shu bilan birga katta ishonch bilan ularga ko‘maklashishga bel bog‘laganlar mavjud edi.

Umuman olgan shu o‘tgan 3 yil davomida adliya bo‘limlari inson huquq va erkinliklarining samarali himoya qilinishini ta’minlash, huquqni qo‘llash, yuridik va huquqiy xizmatni tartibga solish, shuningdek aholining huquqiy madaniyatini yanada oshirishning yaxlit tizimini joriy etishda o‘z o‘rniga ega bo‘ldi deyish mumkin.

Adliya bo‘limlari tomonidan o‘tgan 3 yil davomida qanday ishlar amalga oshirildi?
Adliya bo‘limlari tashkil etilgandan boshlab, o‘tgan 3 yil davomida ular tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, adliya bo‘limlari tomonidan 2018-2020 yillar davomida:
-fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlari manfaatlarini ko‘zlab sudlarga 28 mingdan ziyod da’vo arizalari kiritilgan;
-davlat organlari va tashkilotlariga 36 mingdan ziyod taqdimnomalar kiritilgan;
-davlat organlari va tashkilotlarida 13 mingga yaqin nazorat tadbirlari o‘tkazildi;
-qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha 12 ming 200 ta takliflar berilgan.

Shuningdek, tashkil etilgan yildayoq adliya bo‘limlari tomonidan fuqarolar va tadbirkorlarning 8,5 mingga yaqin murojaatlari hal qilindi.

Bo‘limlar tomonidan birgina 2018 yilda davlat organlari va tashkilotlariga kiritilgan taqdimnomalar asosida fuqarolar va tadbirkorlarning qariyb 3 mlrd. so‘m mablag‘lari qaytarilgan yoki to‘lab berilgan. Ushbu ko‘rsatgich 2019–2020 yillar davomida qariyb 10-20 baravar ortib tegishlicha 32,5 mlrd. va 70 mlrd. so‘m tashkil etgan.

2019-2020 yillar davomida fuqarolar va tadbirkorlarning qonuniy huquq va erkinliklarini ta’minlash maqsadida sudlarga kiritilgan da’vo arizalarining 98 foizi qanoatlantirilgan.

Adliya bo‘limlari tomonidan hal etilgan masalalarning ko‘pchiligini mehnat huquqlarining buzilishi, sog‘liqni saqlash sohasidagi qonun normalariga amal qilinishi, yer-mulk sohasidagi muammolar va tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga to‘sqinlik bo‘layotgan turli holatlar tashkil qiladi.

Bundan tashqari adliya bo‘limlari tomonidan aholining huquqiy ong va huquqiy madaniyatini oshirish borasida ham o‘z o‘rniga va yo‘nalishiga ega bo‘lib bormoqda.

Jumladan, adliya bo‘limlari orqali huquqiy savodxonlikni yuksaltirish ishlari “shaxs – oila – mahalla – ta’lim muassasasi – tashkilot – jamiyat” prinsipi bo‘yicha uzviy ravishda amalga oshirila boshlandi.

2020 yil davomida pandemiya sharoitida aholining huquqiy axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida 300 mingga yaqin turli ko‘rinishdagi huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilgan.

Adliya bo‘limlari kelgusida ham o‘z oldilariga qo‘yilgan vazifalarni mas’uliyat bilan bajarish orqali yurt ravnaqi, xalq farovonligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shishda davom etadi.

Sevara O‘rinboyeva
Adliya vazirligi mas’ul xodimi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tuman (shahar) adliya bo‘limlari o‘z faoliyatini boshlaganiga 3 yil bo‘ldi