23:20 / 13.04.2021
5 610

Nomahramlar bilan SMS orqali gaplashish

Nomahramlar bilan SMS orqali gaplashish
Savol:
Assalomu alaykum! Ustozlar, Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.
Hozirda keng ko‘lamda ommalashgan internet orqali SMS tarzda nomahramlar bilan gaplashish hukmi qanday? Men birodarimga «gaplashish ma’qul ish emas» desam: «Axir men ovozini eshitmayamanku, yoki ovoz orqali gaplashmayapmanku, hamda do‘st bo‘lsam. Mumkin emas degan joyi bormi», deb meni savolga tutib qoldi. Bu borada aniq ilmga ega emasligim sababli siz ilm ahlidan so‘radim. Beradigan javobingiz uchun oldindan rahmat. Alloh rozi bo‘lsin!

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ish yuzasidan majbur bo‘lsa, ayol kishidan narsa sotib olish yoki ularga biror narsa sotish kabi ishlarda murojaat qilishning zarari yo‘q. Lekin gap sotishga ruxsat yo‘q. «Ijtimoiy odoblar» kitobini olib o‘qing va o‘sha odamga ham o‘qib bering. Unda umumiy internetdan foydalanish odoblari batafsil keltirilgan. Vallohu a’lam!

Manba: islom.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nomahramlar bilan SMS orqali gaplashish