20:46 / 13.04.2021
3 148

Prezident rektorlarning yoshlar bilan ishlashdagi faoliyatini tanqid qilib, 4 ta rektorni ishdan oldi

Prezident rektorlarning yoshlar bilan ishlashdagi faoliyatini tanqid qilib, 4 ta rektorni ishdan oldi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan yig‘ilishda davlat rahbari rektorlarning yoshlar bilan ishlashdagi faoliyatini tanqid ostiga oldi, deya xabar bermoqda «Daryo».

«Oliygohlar yon-atrofidagi mahalla yoshlari bilan ishlashda rektorlarning o‘rni umuman sezilmayapti. Rektorlarning bu borada bergan takliflari menga ma’qul emas. Birortasi o‘z hududida mahallagacha tushib, yoshlar tarbiyasi, uyushmagan yoshlar bilan ishlash bo‘yicha tashabbus bildirmagan.

Qaysi rektor yotoqxonaga borib yoki bo‘sh yotgan madaniyat markazlarida yoshlar bilan uchrashdi, ular bilan muloqotni yo‘lga qo‘ydi, motivatsiya berish, hayotda o‘z yo‘lini topish va madaniy tadbirlarni tashkil etdi? Afsuski, bu savolga ijobiy javob yo‘q.

Yoshlar bilan ishlashni o‘z holiga tashlab qo‘ygani uchun Farg‘ona davlat universiteti (Maqsudov), Samarqand qurilish (Ahmedov), Qo‘qon pedagogika (Otajonov) institutlari rektorlari va Toshkent kimyo-texnologiyalar instituti Yangiyer filiali direktori (Olimov) lavozimidan ozod etiladi. Boshqa rektorlar qat’iy ogohlantiriladi
», – dedi davlat rahbari.

Bundan avval Shavkat Mirziyoyev ijarada yashayotgan talabalarga 1 maydan boshlab ijara to‘lovining yarmi davlat tomonidan qoplab berilishini hamda 2021 yilning birinchi choragida 33 ming nafar yoshga tadbirkorlik faoliyati uchun 800 milliard so‘m kredit ajratilganini ma’lum qilgani haqida xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident rektorlarning yoshlar bilan ishlashdagi faoliyatini tanqid qilib, 4 ta rektorni ishdan oldi