10:57 / 14.04.2021
1 700

103,2 mln. so‘mlik telefonlarning noqonuniy aylanuvining oldi olindi

103,2 mln. so‘mlik telefonlarning noqonuniy aylanuvining oldi olindi
Bojxonachilar tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy aylanuvini oldini olish yuzasidan muntazam tezkor tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Xususan, Toshkent shahar boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan Toshkent shahar IIBB YPXB xodimlari bilan hamkorlikda Sergeli tumanida o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida fuqaro boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi.

Natijada, transport vositasining orqa yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan, O‘zbekiston Respublikasiga qonuniy olib kirilganligini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan va markirovka qilinmagan qiymati 103 mln. 200 ming so‘mlik, jami 54 dona “Redmi” va “Samsung Galaxy “ markali telefonlar borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 103,2 mln. so‘mlik telefonlarning noqonuniy aylanuvining oldi olindi