19:23 / 14.04.2021
3 530

Samarqandda ofitsiant xo‘randadan qasos oldi

Samarqandda ofitsiant xo‘randadan qasos oldi
Foto: «Tergov.uz»
2021 yil 8 aprel kuni fuqaro 25 yoshli M.Maqsud Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMBga ariza bilan murojaat qilgan. 2021 yil 5 aprel kuni 26 yoshli U.Muxiddin uni aldov yo‘li bilan Samarqand tumani «Bo‘zi» mahallasi hududidagi qarovsiz joyga olib borgan. U yerda unga tazyiq o‘tkazib, narxi 2 200 000 va 1 500 000 so‘mlik ikkita telefon apparatini hamda 200 AQSH dollari va 112.000 so‘m pul mablag‘larini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilgan.

Ushbu holatni 25 yoshli B.Sherzod videotasvirga olib, «Tik-Tok» ijtimoiy tarmog‘iga joylab, sharmanda qilish yo‘li bilan qo‘rqitgan. Ikki dona telefon apparatini qaytarib olishi uchun 5 000 000 so‘m pul berishini talab qilgan. Shu kuni Samarqand shahri «Kaftarxona» mahallasi hududida U.Muxiddin va B.Sherzodlar M.Maqsuddan tovlamachilik yo‘li bilan 400 AQSH dollari olayotgan vaqtlarida ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan U.Muxiddin va B.Sherzodlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi «v» bandi (Tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentiga ko‘ra, tergov harakatlari jarayonida jabrlanuvchi M.Maqsud U.Muxiddin ofitsiant bo‘lib ishlagan restoranda ovqatlanib, 1 000 000 so‘m pullarni to‘lamasdan ketib qolganligi sababli, U.Muxiddin ishdan bo‘shatilganligini qasdini olish maqsadida ushbu jinoyatni sodir qilganligi aniqlangan. Hozirda tergov davom etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda ofitsiant xo‘randadan qasos oldi