20:44 / 14.04.2021
4 247

Poytaxtimiz O‘zbekiston poytaxtiga o‘xshasin-da!

Poytaxtimiz O‘zbekiston poytaxtiga o‘xshasin-da!
Bir xushxabarni eshitib, bugun ko‘nglim ancha yorishdi. Shu kunlarga o‘lmay yetganimga Allohga shukrlar aytib yubordim.

Eshitishimcha, poytaxt ko‘chalarida achib-bijib yotgan o‘rischa yorliq va yozuvlar yechib tashlanyapti ekan.

To‘g‘ri-da, shahrimiz ko‘chalarining o‘ngu so‘lida asosan o‘ris tilida bitilgan yozuvlar uchraydi, davlat tilidan, ona tilimizning cheksiz boyligidan keng foydalanish masalasiga e’tiborsizlik yaqqol ko‘zga tashlanadi.

Chetdan qaralsa, bu masalada Toshkent Rossiya poytaxti Moskvadan sal bo‘lsa ham farq qilmay qolgan, Toshkent tom ma’noda ona Vatanimiz O‘zbekistonning poytaxtiga o‘xshamay qolgan edi. Davlat tili bo‘lmish o‘zbek tili shahar ko‘chalarining ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib borishi shu yurt fuqarolariga juda kerak. Zero, til – millat ruhidir. Millat ruhi, ya’ni sizu bizning ruhimiz esa hamisha tetik bo‘lishi kerak, shunday emasmi?

Shunday ekan, poytaxtimiz ko‘chalarida davlat tili ustuvor bo‘lishini, ommaviy foydalanish ob’ektlarida esa o‘ris tili emas, xalqaro tillardan biri sanalmish ingliz tili qo‘llanishini ta’minlash masalasi juda jiddiy masaladir.

Ko‘chalarimizdagi o‘rischa yorliq va yozuvlarni yechib tashlashga qaror qilgan respublika va poytaxt rahbariyatiga o‘z minnatdorligimizni izhor etamiz.

Shokir Dolimov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Poytaxtimiz O‘zbekiston poytaxtiga o‘xshasin-da!