21:20 / 15.04.2021
2 298

“CAPTIVA” xatlanganidan keyin 39,3 mln. so‘m qarzdorlik to‘landi

Majburiy ijro byurosi Qo‘shko‘pir tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan Sirdaryo viloyati, Oqoltin tuman ma’muriy sudining 
16.12.2020 yildagi ijro varaqalariga asosan, qarzdor Q.O‘dan undiruvchi A.A. ning foydasiga 27,5 mln. so‘m, O.S. ning foydasiga 1,8 mln. so‘m hamda U.Sh. ning foydasiga 10 mln. so‘m moddiy zarar undirish haqidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga 19.12.2020 yilda kelib tushgan.

Mazkur ijro hujjati bo‘yicha 19.12.2020 yil kuni davlat ijrochisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritish to‘g‘risida qaror qabul qilinib qarzdorga 
15 kunlik ihtiyoriy muddat berilib, qaror nusxasi taraflarga yuborilib, qarzdorga tegishli mol-mulklarni aniqlash va ijro hujjati ijrosini taminlash maqsadida, Qonunining 87-moddasi talablariga muvofiq so‘rovnomalar yuborilgan.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli bo‘lgan “CAPTIVA” rusumli avtotransport vositasi xatlanib, vaqtincha saqlash maqsadida jarima maydoniga qo‘yildi. Shundan keyin qarzdor o‘ziga tegishli bo‘lgan transport vositasidan ayrilib qolishini bilib, undiruvchilarga to‘lanishi lozim bo‘lgan 39,3 mln. so‘m pul mablag‘lari to‘lab berdi va ijro hujjati Qonunning 41-moddasiga asosan tamomlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “CAPTIVA” xatlanganidan keyin 39,3 mln. so‘m qarzdorlik to‘landi