12:38 / 16.04.2021
1 214

O‘zbekistonga yanvar—mart oylarida xorijdan 1 mlrd 420 mln dollar pul jo‘natildi


O‘zbekistonga 2021 yilning dastlabki uch oyida xorijdan yuborilgan pul o‘tkazmalari 2020 yilning shu davriga nisbatan 31 foizga o‘sdi, deya xabar bermoqda Markaziy bank.

Foto: Markaziy bank
Qayd etilishicha, 2021 yilning yanvar—mart oylarida O‘zbekistonga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi deyarli 1,42 milliard dollarni tashkil etib, 2020 yilning mos davriga nisbatan 336 million dollarga (31 foizga) oshdi.

Shu bilan bir qatorda, chet elga yuborilgan xalqaro pul o‘tkazmalari miqdori 353 million dollarga yetdi. Natijada transchegaraviy pul o‘tkazmalari bo‘yicha ijobiy saldo deyarli 1,06 milliard dollarga yetdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonga yanvar—mart oylarida xorijdan 1 mlrd 420 mln dollar pul jo‘natildi