15:43 / 16.04.2021
2 646

Qaysi viloyatga borsam, og‘ir yuk bilan qaytaman – Shavkat Mirziyoyev


Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi mexanizm ko‘ngildagidek ishlab ketmayotgani, rivojlanish xalq kutayotganday bo‘lmayotganini ma’lum qildi.

Viloyatlar, jumladan Samarqand rivojlanishi uchun bu pullar oson topilyapti, oson berilyapti, deb o‘ylasangiz adashasiz. Har safar viloyatlarga borsam, og‘ir yuk bilan qaytaman. Chunki endi bu mablag‘ni qayerdan topib beraman, deb kamida 5-10 kun o‘ylayman. Lekin har qancha qiyin bo‘lmasin shu pullarni topib beryapmiz-ku. Chunki Samarqanddagi mexanizm ko‘ngildagidek ishlab ketmayapti, rivojlanish xalqimiz kutayotganday bo‘lmayapti.

Agar ana shu tizim ishlab ketsa, Samarqand kabi viloyatlarga hech qanday yordamning keragi yo‘q. O‘z mahalliy budjetida 1 trln mablag‘ qilib olsa, markazdan mablag‘ ajratishga hojat qolmasdi. Buning uchun quyi bo‘g‘inlardagi rahbarlar dunyoqarashi o‘zgarishi kerak. Samarqandni birinchi o‘ringa chiqarsak bo‘ladi, namuna qilsak bo‘ladi
”, dedi davlat rahbari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qaysi viloyatga borsam, og‘ir yuk bilan qaytaman – Shavkat Mirziyoyev