00:10 / 17.04.2021
2 323

Yangiyo‘lda yuk mashinasi yonib ketdi


Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida yuk mashinasida yong‘in kelib chiqdi, deya xabar bermoqda YHXBB.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2021 yilning 16 aprel kuni soat 10:35 larda Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani «Nurobod» MFY hududidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining 832-kilometrida fuqaro J.Q.ga tegishli bo‘lgan «ZIL-130» rusumli yuk avtomobilida yong‘in yuzaga kelgan.

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Transport vositasiga zarar yetgan.
Mazkur hodisa yuzasidan Yangiyo‘l tumani IIB YHXB va FVB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, yong‘in yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yangiyo‘lda yuk mashinasi yonib ketdi