11:40 / 17.04.2021
1 892

1,1 mlrd. so‘mlik “salqin ichimliklar” operatsiyasi fosh etildi


Ayrim shaxslar tomonidan yirik miqdordagi tovar-moddiy boyliklarni yurtimiz hududiga turli qing‘ir yo‘llar orqali olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan keskin kurash olib borilmoqda.
 
Xususan,  Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Toshkent-tovar” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti  xodimlari tomonidan ana shunday qing‘irliklardan yana biri fosh etildi.

Unga ko‘ra, xorijdan Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi jamiyatlardan birining nomiga keltirilgan 259 ming 200 dona “mevali salqin ichimliklar” bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, jamiyat vakillari bojxona yuk deklaratsiyasida tovarlarning netto vaznlarini kam ko‘rsatganligi, ekspertiza xulosasiga asosan tovarlarning tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi kodini bojxona stavkalari past bo‘lgan tovar kodlari asosida tasniflanganligi aniqlandi.

Shuningdek,mazkur tovarlarning ko‘zdan kechiruvi davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.02.2020 yildagi
PQ-4594-sonli qaror talablariga asosanishlab chiqaruvchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida (lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida) markirovka qilinishi lozim bo‘lsada, ularning qadog‘ida o‘zbek tilidagi markirovka mavjud emasligi ma’lum bo‘ldi.

Qiymati 1 mlrd. 166 mln. so‘mlik mazkur ichimliklar yorliqlanishi bo‘yicha foydalanishga yaroqsiz ekanligi natijasida vaqtincha savlovga olindi. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 1,1 mlrd. so‘mlik “salqin ichimliklar” operatsiyasi fosh etildi