14:43 / 17.04.2021
2 771

«Bek-baraka» bozorida sotuvchidan kunlik pul talab qilgan ayollarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


2021 yilning 6 aprel kuni soat 05:10larda 40 yoshli Nigina I. va 32 yoshli Nargiza Yu. Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan “Bek-baraka” savdo majmuasi hududida 43 yoshli Safaroy B. kiyim-kechak ulgurji savdosi bilan shug‘ullanayotgan vaqtida unga tegishli qo‘lbola usulda yasalgan savdo rastalarini uloqtirib, turli xil ayollar kiyim-kechaklarini talon-toroj qilib ketib qolganlar.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, Nigina I. va Nargiza Yu. ham “Bek-baraka” bozorida savdo ishlari bilan shug‘ullanishi, Safaroy B.ni savdo qilayotgan joyi ularga “tegishli” ekanini, undan savdo joyi uchun kunlik pul berishini talab qilib, savdo qilishiga muntazam ravishda to‘sqinlik qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Zangiota tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Nigina I. va Nargiza Yu.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (Talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi doirasida jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanib, uni qoplash choralari ko‘riladi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Bek-baraka» bozorida sotuvchidan kunlik pul talab qilgan ayollarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi