17:37 / 17.04.2021
2 047

Bojxonachilar 5,3 mlrd. so‘mlik “parda” operatsiyasini fosh etishdi


Bojxona organlari tomonidan bojxona nazoratidan chetlab olib o‘tishga urinilgan juda ko‘p miqdordagi tovar-moddiy boyliklarining noqonuniy aylanuviga qarshi tizimli chora-tadbirlar olib borilmoqda.

Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi, Surishtiruv va ma’muriy amaliyot bo‘limlari  xodimlari Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tezkor tadbir davomida avvaldan kuzatuvga olingan fuqaro boshqaruvidagi yuk avtotransport vositasi poytaxtimizdagi mebel do‘konlaridan birining omborxonasidan tovar-moddiy boyliklarni ortib, belgilangan yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan vaqtda to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda, transport vositasining yukxonasida hech qanday hujjatlari bo‘lmagan xorijiy mamlakatlarda ishlab chiqarilgan parda matolari borligi aniqlandi.

Shundan so‘ng tezkor tadbir davom ettirilib,  mebel do‘koni omborxonasi belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. 
Natijada, bu yerda xorijda ishlab chiqarilgan, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, jami qiymati 5 mlrd 338 mln. so‘mlik, 1759 o‘ramparda matolari hamda 5645 o‘ramda tayyor pardalar borligi aniqlangan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bojxonachilar 5,3 mlrd. so‘mlik “parda” operatsiyasini fosh etishdi