12:14 / 18.04.2021
1 814

Uchtepada qalbaki 6350 dollarni muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs aniqlandi


Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Toshkent shahri Uchtepa tumanida ko‘p miqdorda qalbaki AQSH dollarini muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi, deya xabar qilmoqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, Departamentning Uchtepa tuman bo‘limi tomonidan Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro J.I. qalbaki valyutani muomalaga kiritish maqsadida, fuqaro R.dan Sigvey nomli vositani 50 AQSH dollariga sotib olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, fuqaro J.I. R.dan 58 quti Orbit saqichlarini sotib olishda qalbaki 6 300 AQSH dollarini berganligi aniqlanib, jami 6 350 qalbaki AQSH dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Uchtepada qalbaki 6350 dollarni muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs aniqlandi