11:01 / 19.04.2021
1 893

Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi


Bojxona organlari tomonidan giyohvandlik vositalarining noqonuniy savdosiga qarshi tizimli tarzda kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan oldindan olingan tezkor ma’lumotlar asosida IIB xodimlari bilan hamkorlikda giyohvand moddalarni noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish bo‘yicha Oltiariq tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tezkor tadbir davomida fuqarolar M.A. va D.D. shartli xaridorga  5 gramm “gashish” giyohvandlik vositasini sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Shuningdek, tekshiruv davomida fuqaro M.A.ning yonida yana 0,76 gramm “gashish” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

Tezkor tadbir davom ettirilib, fuqaro I.S.ning xonadoni ham xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, ushbu shaxs o‘z yashash xonadonida 9,9 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasini saqlayotganligi aniqlandi.

O‘tkazilgan ekspertiza xulosasiga ko‘ra, 5,76 gramm “gashish” va 9,91 gramm “marixuana” giyohvandlik vositalari ekanligi aniqlandi. Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi