12:48 / 19.04.2021
731

Aripov va Ortiqxo‘jayev Toshkentda karantin qoidalari ijrosini tekshirdi

Aripov va Ortiqxo‘jayev Toshkentda karantin qoidalari ijrosini tekshirdi

Foto: Toshkent shahar hokimligi
Maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida, qator mutasaddilardan iborat ishchi guruh poytaxt tumanlariga chiqib, hududlardagi holatni o‘rgandi.

Toshkent shahar hokimligi taqdim etgan suratlardan ko‘rish mumkinki, bosh vazir Abdulla Aripov va poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev shaxsan bu ishga bosh-qosh bo‘lishgan.

Ishchi guruh a’zolari shahrimizdagi bozorlar, supermarketlar, savdo-ko‘ngilochar markazlari va boshqa savdo maskanlariga tashrif buyurib, sotuvchilar, xaridorlar, ma’muriy xodimlar tomonidan karantin qoidalariga rioya qilinishi, ma’muriyat va epidemiologik osoyishtalik xizmatlarining karantin talablariga rioya qilinishini nazorat qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishgan.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Aripov va Ortiqxo‘jayev Toshkentda karantin qoidalari ijrosini tekshirdi