O‘zbekiston musulmonlari idorasi fatvo bo‘limi mudiri G‘ulomiddin Xolboyev zakotning ham qazosi bor-yo‘qligi haqidagi savolga javob berdi.
Uning ta’kidlashicha, zakotning ham qazosi bo‘ladi. Bunda berilmagan yillarni taxminan hisoblab ko‘rib, qirqdan birini zakot qilib chiqariladi.
«Zakotni qanday shaklda berish kambag‘alga foydaliroq bo‘ladigan bo‘lsa, shu shaklda bergan afzal. Pandemiya davrida zakot puliga oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olib, bir necha muhtoj kishiga bo‘lib bersa bo‘ladi, vallohi a’lam», — degan G‘ulomiddin Xolboyev.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati 2021 yilgi zakot hisobi, fitr sadaqa va fidya miqdorini e’lon qilingandi. Fatvo hay’ati 1 gramm tillaning bugungi kundagi o‘rtacha narxi 320 ming so‘m ekanini e’tiborga olib, 2021 yil uchun zakot hisobini (85 gramm tilladan) 27 million 200 ming so‘m deb belgiladi. Mazkur qiymatning qirqdan biri (1/40), ya’ni zakot uchun chiqariladigan qismi 680 ming so‘mga teng bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi