09:11 / 21.04.2021
1 826

«Nomi matbuot bo‘lgani, uning ustiga minib olsa ham bo‘ladi degani emas» — Komil Allamjonov


Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi raisi Komil Allamjonov elektron OAVga telefon orqali bo‘ladigan tahdidlar masalasida amaldorlarga murojaat qilib chiqdi.

«Ba’zida davlat idorasi xodimlari xususiy tadbirkorlar, ya’ni ommaviy axborot vositasi faoliyati bilan bilan shug‘ullanuvchi mas’uliyati cheklangan jamiyatga qo‘ng‘iroq qilib, ular qonun doirasida yaratayotgan mahsulotlarini (maqolani) o‘chirib tashlashni talab qilishadi. Agarda xususiy tadbirkor bo‘lmish sayt buni bajarmasa, uni chaqirishadi, qo‘rqitishadi. Aslida bu – noqonuniy harakat, mansab vakolatini suiiste’mol qilish hisoblanadi. Soddaroq aytganda, tadbirkorning faoliyatiga asossiz aralashishdir.

Bu xuddiki supermarket egasiga qo‘ng‘iroq qilib, shu mahsulotni savdo peshtaxtasidan olib tashla degandek talab. Yoki shokolad zavodiga telefon qilib: «Ertadan boshlab marmeladli shokoladni boshqa ishlab chiqarmanglar», deyish bilan teng.
Nomi matbuot bo‘lgani, uning ustiga minib olsa ham bo‘ladi degani emas. Matbuot mas’uliyati cheklangan jamiyati faqat qonun oldida javobgar bo‘lishi kerak. Shaxslar oldida emas. Va matbuot mas’uliyati cheklangan jamiyati, boshqa jamiyatlar bilan teng ravishda erkin bo‘lib, mahsulot ishlab chiqarishlari davomida davlat idoralarining topshiriqlarini bajarishi kerakligi borasida qonunchilikda, konstitutsiyada hech qanday majburiyat yo‘q
», – deya yozadi Komil Allamjonov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston matbuot erkinligi bo‘yicha reytinglarda oxirgi o‘rinlarda qolmoqda: mamlakat 2021 yilda Jahon matbuoti erkinligi indeksida bir pog‘ona pastlab, 180 ta davlat orasida 157-o‘ringa tushdi.

Freedom House'ning 2021 yilgi hisobotida ham O‘zbekiston «erkin bo‘lmagan» mamlakatlar qatorida qolgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Nomi matbuot bo‘lgani, uning ustiga minib olsa ham bo‘ladi degani emas» — Komil Allamjonov