06:00 / 21.04.2021
5 520

Professor Zarifboy Ibodullayev bilan katta intervyu (video)


Toshkent tibbiyot akademiyasi asab kasalliklari kafedrasi professori, tibbiyot fanlari doktori, "Asab va ruhiyat" ilmiy-tibbiy markazi rahbari Zarifboy Ibodullayev bilan intervyu tashkil qildik.

Professor Z.R.Ibodullayev 100 dan oshiq ilmiy asarlar muallifi. Uning ilmiy rahbarligida nevrologiya, neyropsixologiya va tibbiy psixologiya yo‘nalishlari bo‘yicha dissertatsiya ishlari tayyorlangan va tayyorlanmoqda. Z.R.Ibodullayev muallifligida “Asab kasalliklari” darsligi va vrachlar uchun “Insult va koma” qo‘llanmasi nashrdan chiqdi.

Z.R.Ibodullayev Respublikamizda “Tibbiyot psixologiyasi”ni o‘qitish bo‘yicha salmoqli ishlarni qilib kelmoqda. Uning rahbarligida ushbu fanni o‘qitish konsepsiyasi ishlab chiqildi va Davlat ta’lim standarti tuzildi.

Z.R.Ibodullayevning sog‘liqni saqlash tizimidagi mehnatlari munosib taqdirlanib 2014 yili “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash a’lochisi” unvoniga sazovor bo‘ldi.

Quyida saytimizning doimiy hamkori, o‘zlarining ajoyib fikr-mulohazalari, noyob kitoblaridagi dolzarb satrlari bilan Siz aziz o‘quvchilarimizga yaxshi tanish bo‘lgan ajoyib inson Zarifboy Ibodullayev bilan yanada yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lasiz. Xususan, domlaning bolaligi, orzulari, hayot faoliyati, amalga oshirgan ishlari, Sog‘likni saqlash tizimidagi kamchiliklar, kelajak orzulari haqidagi fikr va mulohazalari bilan jurnalist Go‘zal Xalibayeva boshlovchiligida o‘tkazilgan intervyu davomida tanishasiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Professor Zarifboy Ibodullayev bilan katta intervyu (video)