10:00 / 22.04.2021
2 922

O‘zbekistonda bir kunda 384 kishi koronavirusga chalindi


O‘zbekistonda 21 aprel kuni koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq 384 ta yangi holat ro‘yxatga olindi — bu kunlik kasallanish ko‘rsatkichi bo‘yicha 2021 yilning eng yuqori ko‘rsatkichidir. Bundan avvalgi antirekord 18 aprel kuni qayd etilgan, o‘shanda 342 kishida COVID-19 tasdiqlangan.

Yangi kasallanish holatlarining
  • 12 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 5 nafari Andijon viloyatida,
  • 2 nafari Buxoro viloyatida,
  • 6 nafari Jizzax viloyatida,
  • 3 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 5 nafari Namangan viloyatida,
  • 73 nafari Samarqand viloyatida,
  • 8 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 4 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 2 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 3 nafari Xorazm viloyatida,
  • 54 nafari Toshkent viloyatida,
  • 207 nafari Toshkent shahrida
koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sabab namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shunday qilib, Sog‘liqni saqlash vazirligi hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan rasman tasdiqlangan shaxslar soni 87 935 nafarga yetgan. Ulardan 290 nafari (Qoraqalpog‘istonda 1 nafar, Buxoro viloyatida 3 nafar, Jizzaxda 12 nafar, Samarqandda 54 nafar, Sirdaryoda 5 nafar, Surxondaryoda 1 nafar, Farg‘onada 3 nafar, Xorazmda 5 nafar, Toshkent viloyatida 27 nafar, Toshkent shahrida 176 nafar) sog‘aygan. Jami sog‘ayganlar soni 85 007 nafar, sog‘ayish ko‘rsatkichi — 97 foiz.

Ma’lum qilinishicha, ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2288 nafar bemordan 238 nafari og‘ir, 113 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda bir kunda 384 kishi koronavirusga chalindi