11:44 / 22.04.2021
2 391

«Rutan»ning koronavirusga qarshi ta’siri ma’lum qilindi


Fanlar akademiyasi va sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddilari ishtirokidagi matbuot anjumanida Rutan haqida ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, Rutan preparati antioksidantlik va antigipoksik xususiyatlarga ega bo‘lib, SARS-COV-2 virusining 2 ta muhim ferment tizimini ingibirlaydi.

Virusning hujayrada ko‘payishi va tarqalishi hamda patologik va yallig‘lanish jarayonini chaqiruvchi oqsillar hosil bo‘lishini to‘xtatadi va kasalliklarda salbiy holat — «sitokinin bo‘roni»ning oldini oladi. Natijada, SARS-CoV-2 virusiga chalingan bemorlarning sog‘ayish muddati qisqaradi va bemor o‘z holatiga tez qaytadi.

Rutan preparati 103 ta koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan o‘rtacha og‘irlikda kechayotgan bemorlarda qayd etilgan dozada sinalganda, SOVID-19 orqali chaqirilgan yallig‘lanish jarayonining asosiy vositachisi bo‘lmish S-reaktiv oqsili miqdorining statistik ahamiyatli kamayishi kuzatildi va bu orqali uning aniq yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega ekanligi aniqlandi. Rutan qabul qilgan biron-bir bemorga kasallik davomida oksigenatsiyaga muhtojlik bo‘lmadi.

Rutan preparatini qabul qilgan sinov guruhi bemorlarini protokol davolash fonida kasallikning 4-5 kuni davomida ulardan SOVID -19 virusiga olingan PZR-test tahlili salbiy bo‘ldi.

Klinik sinov natijalariga ko‘ra, «Rutan tabletkalari, 0,1 g» №20 o‘rtacha og‘irlikda kechayotgan o‘pka yallig‘lanishi 30% bo‘lgan COVID-19 kasalligiga hamda grippning barcha shtammlariga qarshi dori vositasi sifatida qo‘llash uchun ruxsat etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Rutan»ning koronavirusga qarshi ta’siri ma’lum qilindi