Yangihayot tumanida yuk avtomobili ag‘darilishi oqibatida yong‘in yuzaga keldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar bermoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 22 aprel kuni soat 11:00larda, Toshkent shahar, Yangihayot tumani hududidan o‘tgan 4R-21 avtomobil yo‘lida haydovchi, 1992 yilda tug‘ilgan M.A. "Howo" rusumli yuk transport vositasida harakatlanayotib boshqaruvni yo‘qotgan va avtomobil ag‘darilgan.
Ro‘y bergan hodisa natijasida, avtomobilning dvigatel qismida yong‘in yuzaga kelgan. Haydovchi M.A.ga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Yong‘in bartaraf etilgan. Transport vositasiga zarar yetgan.
Mazkur hodisa yuzasidan Yangihayot tumani IIO FMB YHXB va FVB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, hodisa sodir bo‘lish sabablariga aniqlik kiritilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi