09:50 / 23.04.2021
2 013

Ruslanbek Davletov: “Amaldorlarning xarajatlari ochiqlanishi kerak”


Bugun Tashkent Law Spring II  xalqaro yuridik forumining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Adliya vaziri Ruslanbek Davletov karantinga olingani sababli onlayn tarzda ishtirok etdi. Adliya vaziri xalqaro forumda O‘zbekiston budjet pullarini sarflanishi ochiqligining yangi bosqichiga o‘tishi, amaldorlarning xarajatlari ochiqlanishi kerakligi, mamlakat uchun raqamlashtirish va ochiqlik bo‘yicha ustuvor sohalarni belgilab olishi kerakligini ta’kidlagan. 

Chunki yo‘nalish ko‘p, muammo yetarli, resurslar tanqisligini e’tiborga olib eng birinchi navbatda qilinishi kerak bo‘lgan va davlat tomonidan moliyalashtirilishi va qo‘llab-quvvatlanishi kerak bo‘lgan yo‘nalishlar belgilanishi kerak. Masalan, birinchi navbatda budjet pullari sarflanishi ochiqligining yangi bosqichi, ayniqsa dolzarb bo‘lgan avtomobil yo‘llarga ketayotgan xarajatlar, aniq manzillari bilan interaktiv kartalarda ko‘rinishi kerak. Har bir tashkilotning o‘z ma’muriy binolarini ta’mirlashga ketkazayotgan xarajatlari, shuningdek, amaldorlarning ko‘chmas mulklari va mashinalari to‘g‘risidagi axborotlar ochiqlanishi kerak” — dedi Adliya vaziri.

Shuningdek, Ruslanbek Davletov o‘z nutqida jamiyat xohlayotgan ochiqlik, hisobdorlik, byurokratiya va korrupsiyadan xoli bo‘lishni barcha tashkilotlar bir xilda tushunmasligi va qabul qilmasligi, bu  qadriyatlarga ko‘nikmaganligi, raqamlashtirish va ochiqlik esa umuman yangicha ishlashni talab qilishi haqida gapirib, O‘zbekiston uchun raqamlashtirish va ochiqlik bo‘yicha ustuvor sohalarni belgilab olish kerakligiga e’tibor qaratgan.

U forumga tashrif buyurganlarni mazkur jumboqlarni birgalikda yechish, o‘ylash va tahlil qilish uchun Toshkent huquq bahori platformasi doirasida ochiq va konstruktiv muloqotga chaqirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ruslanbek Davletov: “Amaldorlarning xarajatlari ochiqlanishi kerak”